“O‘zbekgidroenergo” Xitoyning yirik korporatsiyasi bilan texnikalar xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi

16:39 08 Avgust 2018 Iqtisodiyot
549 0
Foto: The Wall Street Journal

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining “SANY Heavy Industry Northwest Co LTD” korporatsiyasi bilan gidroenergetika sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jamiyat mazkur kompaniya bilan savdo-sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlashga intilayotgani bejiz emas. Chunki 1989 yilda ish boshlagan korporatsiya hozirda qurilish texnikalari ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchilar safidan joy olgan. Uning Xitoydagi beshta industrial parkidan tashqari, AQSH, Germaniya, Hindiston va Braziliya davlatlarida to‘rtta tadqiqotchilik hamda ishlab chiqarish bazasi mavjud. Tayyorlanayotgan zamonaviy maxsus va qurilish transportlari 150 dan ortiq mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonga ham yetkazib berilmoqda.

“SANY Heavy Industry Northwest Co LTD” korporatsiyasi prezidenti Syan Venbo mamlakatimizda gidroenergetika sohasini rivojlantirishga e’tibor qaratilayotganiga alohida to‘xtalib, tizimda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, kichik va yirik gidrotexnika inshootlari qurilayotganini yuqori baholadi. Bu borada kelgusida ham hamkorlik qilishga tayyor ekanligini mamnuniyat bilan izhor etdi.

Muloqot davomida tomonlar zamonaviy texnikalar xarid qilish va yetkazib berish yuzasidan kelishib oldilar.

Uchrashuv so‘ngida ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019