“Oʻzbekgidroenergo” AJva “BelAZ” OAJ oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

10:02 13 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
791 0
Foto: “Xalq soʻzi”

Qurilish sohasi uchun zamonaviy texnika vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan dunyodagi yetakchi avtomobil zavodlaridan biri hisoblangan “BelAZ” OAJ “Oʻzbekgidroenergo” AJning doimiy hamkori hisoblandi. Mazkur zavodning yirik ammo togʻli va murakkab sharoitlarda foydalanish qulay boʻlgan avtosamosvallaridan bugungi kunda qurilishi jadal tus olgan kichik, oʻrta va yirik gidroelektr stansiyalarida unumli foydalanilmoqda.

Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgi kunda mamlakatimizda “BelAZ”ning 700 dan ortiq turli rusumdagi avtosamosvallaridan foydalanilmoqda.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdugʻani Sanginov “BelAZ” OAJ rahbari Parxomchik Petr Aleksandrovich boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi. Uchrashuv doʻstona, samimiy, ishchan kayfiyatda boʻlib oʻtdi. Muloqot davomida oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar almashildi. Uchrashuvda jamiyat tomonidan hududlarda bunyod etilayotgan GESlar uchun hamda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Pskom” GESining qurilishi uchun zarur boʻlgan 42-45 tonnani tashkil etuvchi ogʻir karyersamosvali yaʼni “BelAZ-7547“ rusumli avtosamosvallarni xarid qilish va ularni yetkazib berish borasida kelishib olindi.

Uchrashuv soʻngida “Oʻzbekgidroenergo” AJ va “BelAZ” OAJ oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bu ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari tomonlarning savdo-iqtisodiy hamkorligini mustahkamlab, yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilayotganining yorqin dalilidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?