«Oʻzbekenergo» AJ maʼmuriy binosi savdoga qoʻyiladi. Boshlangʻich bahosi 85 mlrd soʻmdan oshiq

10:22 28 Iyul 2020 Iqtisodiyot
296 0

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi davlat mulki obyektlariga investitsiyalarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sobiq «Oʻzbekenergo» AJ maʼmuriy bino inshootlarini yaxlit holda savdoga qoʻyadi.

Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Istiqlol koʻchasi, 6-uyda joylashgan yaxlit bino-inshootlarning boshlangʻich narxi 85 012 644 286,1 soʻm.

Obyektning investitsiya majburiyati yirik megapolislarda qoʻllaniladigan shaharsozlikning ilgʻor namunalari, zamonaviy qurilish meʼyorlari va meʼmoriy yechimlarini oʻzida aks etgan, kamida 200 oʻrinli zamonaviy mehmonxona, savdo majmuasi hamda koʻngilochar xizmat koʻrsatish markazini barpo etish.

Bu yerda mavjud bino va inshootlarni buzish hisobiga belgilangan tartibda yangi binolarni qurishga ruxsat beriladi. Tanlov gʻolibi – tashqi dizayn va qurilish loyihasini Qurilish vazirligi bilan kelishishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar “E-ijro auksion” elektron onlayn auksion savdo maydonchasi orqali qabul qilinadi. Talabgor «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUKning maxsus hisob raqamiga obyektni sotib olish qiymatining 5 foizidan kam boʻlmagan miqdorida zakalat puli kiritishi lozim boʻladi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etish uchun topshiriladigan tegishli hujjatlar bilan birga loyihani amalga oshirish konsepsiyasi ham taqdim etilishi lozim.

Talabgorlardan kelib tushgan takliflar umumlashtirilgan holda koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritiladi. Komissiyaning tanlov yakunlari boʻyicha qarori, tanlov savdosida ishtirok etish uchun ariza topshirishning soʻngi muddatidan boshlab bir oy ichida ommaviy axoborot vositalarida eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?