“Oʻzbek-tojik” doʻstlik jamiyatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

17:40 15 Oktyabr 2020 Jamiyat
194 0

Bugun rishtonliklar hayotida yana bir unutilmas voqea sodir boʻldi. Yangilayotgan Rishton koʻrkiga koʻrk qoʻshayotgan “Oʻzbek-tojik” doʻstlik jamiyatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu ochilish marosimi tom maʼnoda katta shodiyonaga aylanib ketdi. Doʻstlik jamiyatining ochilish marosimida Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Sodiq Imomi, Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliyev, tuman hokimi oʻrinbosarlari va tuman faollari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi X. Bozorov, Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Sodiq Imomi, akademik kulol Sh. Yusupov, faol nuroniylardan biri Y. Dodoboyevlar soʻzga chiqishdi.

Ochilish marosimida shuningdek, taniqli xonanda Valijon Qodirov, yosh isteʼdod sohibi Sodiqjon Soliyevlar diltortar qoʻshiqlari bilan yigʻilganlarni xushnud etishdi. Marosimda shuningdek, tumandagi 29-maktab oʻquvchilari tojik tili sheʼr ijro etishdi. Shundan keyin marosim ishtirokchilari doʻstlik jamiyatida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Sodiq Imomi jamiyat qoshida tashkil etilgan kutubxonaga tojik tilida nashr etilgan kitoblar va esdalik sovgʻalar berdi. Oʻz navbatida Fargʻona viloyat hokimi X. Bozorov va Rishton tumani hokimi S. Soliyevlar ham faxrli mehmonga esdalik sovgʻalar topshirishdi.

Markazda ikki millat vakillari orasidan yetishib chiqqan buyuk yozuvchi va shoirlar asarlaridan iborat kitoblar koʻrgazmasi hamda kutubxona, ikki xalq anʼanalariga asosan amaliy sanʼati namunalari (kulolchilik, misgarlik, ganchkorlik va boshqa) hunarmandchilik muzeyi, tojik tili oʻrganish kursi, oʻzbek-tojik musiqa va raqs guruhi faoliyatini yoʻlga qoʻyildi.

Binoning asosiy zal qismida ikki millat vakillaridan tarixiy doʻstligini ifodalovchi buyuk yozuvchilar, shoirlar, fan va madaniyat xodimlarining portretlari hamda ularning ijodlaridan namunalar, tasviriy sanʼat asarlari hamda xalq amaliy sanʼati namunalaridan iborat koʻrgazmalar tashkil etildi.

Jamiyatning asosiy maqsadi: Fargʻona viloyati va Tojikiston Respublikasi aholisi, jamoat tashkilotlari va korxonalari oʻrtasida madaniy, maʼrifiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

Jamiyat oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishish uchun quyidagi vazifalarini amalga oshiradi:

Oʻzbekistonning madaniy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi yutuqlarini Oʻzbekiston va Tojikiston davlatlari hududlarida oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda namoyish etish, fuqarolar, jamoatchilik vakillari va Jamiyatlarining rejalashtirilgan uchrashuvlarini tashkil qilish yoʻli bilan targʻib qilish;

Fargʻona viloyati va Tojikiston Respublikasi hududlari oʻrtasida birodarchilik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha Davlat boshqaruvi va ijro organlari va Tojikistonning Oʻzbekistondagi rasmiy vakolatxonalariga takliflar kiritish;

Tojikiston sanoat korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va investitsiya jalb etish;

Tojikiston davlatining oliygohlari bilan qishloq xoʻjalik va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;

tojik tili, tarixi va madaniyatini oʻrganish boʻyicha taʼlim dasturlari, muassasalar va mustaqil toʻgaraklar tashkil qilish;

Oʻzbekiston fuqarolarning Tojikiston davlatiga turistik sayohatlarini hamda Tojikiston fuqarolarining Oʻzbekistonga madaniy sayohatlarini tashkil qilishda koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida Tojikistonning ilmiy va texnikaviy yutuqlaridan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va ularni tahlil qilish;

Tojik tadbirkorlari uchun Oʻzbekiston iqtisodiyot tarmoqlariga mablagʻ qoʻyish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishda koʻmaklashish;

Oʻzbek xalq hunarmandchiligini rivojlantirishga hamda Oʻzbekiston fuqarolariga Tojik ustalarining xalq hunarmandchiligini oʻzlashtirishlariga koʻmaklashish;

oʻzaro ilmiy, oʻquv-metodik materiallar almashinuvini hamda sohaga oid tajribalarni ommalashtirishni tashkil etish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va mazkur Ustavdan kelib chiqadigan boshqa maqsad va vazifalar bilan shugʻullanishi mumkin.

Ochilish marosimidan soʻng, viloyat hokimi X. Bozorov va Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi S. Imomilar Rishtonda tojikistonliklar tomonidan qurilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga ham tashrif buyurishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?