Oʻzbek tilining chet ellik muhiblariga ajoyib sovgʻa

17:48 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
176 0

Mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy salohiyatining oʻsishi ona tilimizga boʻlgan qiziqishning ham oshishiga olib kelmoqda. Hozirgi kunda dunyoning 60 dan ortiq oliy oʻquv yurtlarida oʻzbek tili oʻqitilmoqda. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida G.Rixsiyeva rahbarligida xorijliklarga oʻzbek tilini intensiv oʻrgatish boʻyicha loyiha natijalari koʻp yillar mobaynida sinovdan oʻtib kelmoqda.

Shu kunlarda ona tilimizning chet ellik muhiblari ajoyib sovgʻaga ega boʻlishdi. Kuni kecha uzoq yillar chet elliklarga oʻzbek tilini oʻrgatish tajribasining samarasi oʻlaroq G.Rixsiyeva va M.Abdurahmonovaning "Oʻzbek tili. Xorijliklar uchun” intensiv kurs oʻquv qoʻllanmasi «Akademnashr» tomonida chop etildi.

Mavzulashtirilgan yigirma darsni oʻzida qamrab olgan ushbu kitob yolgʻiz chet elliklarga emas, balki oʻzbek tilida erkin soʻzlasha olmaydigan hamyurtlarimizga ham yordam beradi. Mazkur qoʻllanmada izohlar ingliz tilida berilgan.

Ayni kunlarda ushbu kitobning elektron qoʻllanma shaklini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Shuningdek, intensiv kurs oʻquv qoʻllanmasini Koreyada nashr etish uchun Xankuk chet tillar universiteti professori Li Ji In bilan hamkorlikda koreys tilidagi izohlar bilan koreyalik talabalar uchun moslashtirilgan holda nashr etish ustida ham ishlar ketmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?