O‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochildi

15:33 23 Aprel 2018 Sport
693 0
Foto: olympic.uz

20-22 aprel kunlari poytaxtimiz yirik nufuzli musobaqa — badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqich bahslariga mezbonlik qildi. 
Unda dunyonnig 14 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Musobaqada hamyurtimiz Sabina Tashkenbayeva o‘zbek gimnastikasi uchun tarixiy natija qayd etdi. U bulava bilan mashqlarda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bungacha, gimnastikachilarimiz Jahon kubogi bahslarida kumush medal qo‘lga kirita olmagandilar. Musobaqada shuningdek, boshqa bir sportchimiz Nurinisso Usmonova ham ishtirok etdi. Ko‘pkurash yakunlariga ko‘ra, Sabina 14 nafar sportchi ichida 8-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nurinisso 13-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Sabina halqa bilan mashqlarda oltinchi o‘rinni egalladi. 

Endi u Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘radi. Hozirgi kunda Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan uch nafar badiiy gimnastikachimizdan ikkisining nomi aniq bo‘lib ulgurgan. Ular Sabina Tashkenbayeva va Nurinisso Usmonovadir. Uchinchi ishtirokchi kim bo‘lishi esa ayni paytda gimnastika federatsiyasi, mutaxassis va murabbiylar tomonidan aniqlanmoqda. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?