Oʻzbek shoirlarining sheʼrlari jamlangan adabiy antalogiya Amazon.com saytida sotuvga qoʻyildi

15:11 25 Mart 2020 Madaniyat
155 0

Amazon.com saytining barcha qitʼalardagi boʻlimlarida “1001 Uzbek poets” (1001 oʻzbek shoiri) kitobi sotuvga qoʻyildi. Sheʼriy antalogiyaning birinchi qismi AQSHning “Amazon Press Inc.” nashriyotida chop etilgan va unda 150 dan ortiq oʻzbek mumtoz va zamonaviy shoirlar sheʼrlari jamlangan.

Ushbu toʻplam yurtimizdagi Oqsaroy adabiy-agentligi tashabbusi bilan tarjima qilinib, nashr etildi. Ayni dam antalogiyaning keyingi qismlari tayorlanmoqda. Toʻplamga amerikalik adabiy tanqidchi Mariya Ibbotson soʻz boshi yozgan.

Yulduz Oʻrmonova,
“Xalq soʻzi”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?