Oʻzbek shaxmatchisi 103 “Marshall” chempioni

17:02 20 Noyabr 2019 Sport
442 0

Joriy yilning 14-18-noyabr kunlari AQSHning Nyu-York shahrida “Marshall” shaxmat klubida 103 chi Marshall chempionati oʻtkazildi. “Marshall” shaxmat klubi 1915-yilda grossmeyster Marshall tomonidan tashkil qilingan va 1916-yildan beri “Marshall chempionati” oʻtkazilib kelinmoqda. Bu yil tashkil qilingan turnirda, Oʻzbekiston nomidan Hamroqulov Joʻrabek qatnashib Marshall chempionatining 103 chempioniga aylandi.

Turnir har yili oʻtkazilib, bu yilgi bahsda 10 shaxmatchi qatnashdi. 40 yurishga 90 daqiqa ajratilib, har bir yurishga 30 sekund qoʻshimcha vaqt berildi.

Oʻzbekistonlik shaxmatchimizga omadlar va zafarli yurishlar tilab qolamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?