Oʻzbek rassomining asarlari Norvegiyada namoyish etilmoqda

16:39 22 Noyabr 2018 Madaniyat
572 0

Egersund shahri. Foto: flickr.com

“Xalq soʻzi Online”/Yulduz Oʻrmonova. Bu haqda Toshkent Fotosuratlar uyida Oʻzbekiston xalq rassomi Alisher Mirzo tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan tadbirda maʼlumot berildi.

Alisher Mirzoning shaxsiy koʻrgazmalari 1977 yildan to bugunga qadar Germaniya, Fransiya, AQSH, Norvegiya, Hindiston va boshqa koʻplab davlatlarda yuqori saviyada oʻtkazilgan.

Norvegiyaning Egersund shahrida “Musavvir va adib” nomli koʻrgazmasi shu yilning avgust oyida tashkil etilgan va hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu musavvirning mazmunan boy, mavzu jihatidan serqirra asarlari nafaqat xalqimiz, balki dunyo sanʼat ixlosmandlari qalbidan joy olgani ifodasidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?