Oʻzbek paxtasi bolalar mehnati evaziga terilgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqarildi

14:28 21 Sentyabr 2018 Jamiyat
763 0
Arxiv foto

Oʻzbek paxtasi bolalar mehnati evaziga terilgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqarildi. Bu haqda jahondagi majburiy va bolalar mehnatiga bagʻishlangan AQSH Mehnat departamentining 20 sentyabrda chop etilgan yangi hisobotida koʻrsatib oʻtilgan.

Hisobotda Oʻzbekiston bolalar mehnatiga qarshi kurashda salmoqli natijalarga erishgani eʼtirof etilgan. Paxta bolalar mehnati orqali terilgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqarilgani maʼlum qilingan.

Shuningdek, hisobotda majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashishda Oʻzbekistondan tashqari Braziliya va Paragvay kabi mamlakatlar erishgan yutuqlar alohida eʼtirof etilgan.

Oʻzbekistonning AQSHdagi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov oʻzining Twitter sahifasida bu qarorni olqishlagan va AQSH Mehnat departamentiga “uzoq kutilgan qarorga kelishda xolislik uchun” minnatdorlik bildirgan.

“Biz bu qarorni Oʻzbekiston hukumatining bu borada erishgan yutuqlarining eʼtirofi deb hisoblaymiz” degan Oʻzbekiston elchisi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?