Oʻzbek noshirlari “Eurasian book fair — 2019” xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasida ishtirok etadi

21:46 11 Aprel 2019 Jamiyat
332 0

Illyustrativ foto

Shu yilning 24 — 27 aprel kunlari Qozogʻistonning Nur-Sulton shahrida “Eurasian book fair — 2019” IV Yevrosiyo xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi tashkil etiladi. Unda mamlakatimizdan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi nashriyotlar yangi kitoblar toʻplami bilan ishtirok etadi. Bu haqda Agentlikning “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy kanalida maʼlum qilindi.

Maʼlumot uchun: 1996 yildan buyon har yili 23 aprelda “Jahon kitob va mualliflik huquqlari kuni” dunyo boʻylab keng nishonlanadi. 2001 yildan boshlab har yili turli shaharlarga Jahon kitoblari poytaxti unvonini berish anʼana tarziga kirgan. Hozirgi paytgacha Madrid (Ispaniya), Aleksandriya (Misr), Nyu-Dehli (Hindiston), Monreal (Kanada), Bogota (Kolumbiya), Bayrut (Livan), Lyublyana (Sloveniya), Buenos-Ayres (Argentina), Yerevan (Armaniston), Bangkok (Tailand), Port-Xarkort (Nigeriya), Vroslav (Polsha), Afina (Gretsiya) kabi shaharlar ana shu unvonga sazovor boʻlgan.

Mazkur nufuzli tadbir kitobxonlikni ommalashtirish, nashriyotlar, yozuvchilar, madaniy-maʼrifiy muassasalar, kitob savdosi bilash shugʻullanadigan tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini mustahkamlash, jahon noshirlik hamda poligrafiya sanoati tajribasini oʻrganish, yetakchi nashriyotlarning eng yaxshi zamonaviy kitoblar toʻplamini oʻquvchilar va xaridorlarga yetkazish, kitob mahsulotlarini yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarish hamda tarqatishga doir istiqbolli vazifalarni belgilash va xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?