Oʻzbek milliy kashtachiligi va Xorazm lazgisi YUNESKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi“ roʻyxatiga kiritilishi kutilmoqda.

13:15 21 May 2019 Madaniyat
283 0

Milliy matbuot markazida “Umrboqiy meros“ Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati targʻibot markazi taqdimotiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda taniqli sanʼat ustalari, fan va madaniyat sohalarining yetuk namoyondalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda oʻzbek milliy sanʼati va madaniyatini, urf-odatlar va milliy qadriyatlarini keng targʻib qilish, Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish, saqlash, amaliy va tasviriy sanʼatni, xalq ogʻzaki ijodi, etnografiya, sanʼatshunoslik, oʻzbek milliy musiqa va maqom sanʼatini rivojlantirish kabi vazifalar Markazning asosiy maqsadi ekanligi eʼtirof etildi.

Anjumanda oʻzbek milliy kashtachiligi hamda Xorazm lazgisi YUNESKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi“ Reprezentativ roʻyxatiga kiritilishi kutilayotgani haqida taʼkidlab oʻtildi.

Yulduz OʻRMONOVA, “Xalq soʻzi“


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?