Oʻzbek libosi hammaga yarashadi

21:23 18 Oktyabr 2018 Madaniyat
789 0
Foto: Mariya Zaxarova/Facebook

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Axborot va matbuot departamenti boshligʻi Mariya Zaxarova soʻnggi kunlarda MDH matbuotida qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.

Gap shundaki, vazirlik vakili “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida oʻzbekona libos kiygan suratini joylashtirdi.

Mariya Zaxarova surat tagiga quyidagicha izoh qoldirdi: “Xalq amaliy sanʼatini juda ham yaxshi koʻraman. U milliy madaniyatning oʻziga xosligini saqlab qolgan holda barchani bir-biriga yaqinlashtiradi, insonlarning atrofimizdagi olamni tarixan anglashlarida umumiy jihatlar borligini ifodalaydi. Kutib oling, sof oʻzbekona kashtalar”.

Shunisi eʼtiborga molikki, RF Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining surati foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olinib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?