O‘zbek kinolarini majburiy namoyish etish kvotasi belgilandi

11:23 25 Iyul 2018 Jamiyat
272 0
Illyustrativ foto

Davlatimiz rahbari tomonidan “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha kinoteatrlarda mahalliy kinofilmlarni majburiy ravishda namoyish qilish kvotasi o‘rnatiladi.

Xususan, mahalliy filmlar namoyishi quyidagilardan kam bo‘lishi mumkin emas:

- 2019 yil 1 yanvardan boshlab – sutkada kamida ikkita to‘liq metrajli film;

- 2021 yil 1 yanvardan esa oylik ekran vaqtining kamida 25 foizi, bayram kunlari esa kamida 40 foizi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?