O‘zbek kinoijodkorlari Istanbulda “Istanbullik milliarder” filmini suratga olmoqda

15:29 27 May 2018 Madaniyat
631 0

“Proart.uz” kompaniyasi hamda prodyuser Ruslan Mirzayev ijodiy jamoasi Turkiyaning Istanbul shahrida “Istanbullik milliarder” nomli filmni suratga olmoqda. Bu haqda prodyuser Ruslan Mirzayev “Daryo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Istanbullik milliarder” komediyasi rejissor Ozod Shams, operator Anvar Odilov tomonidan suratga olinmoqda. Film ssenariysi Saida Vahobova hamda Feruza Fattohovalar tomonidan yozildi.
Filmda bosh rollarni Muhammad Iso Abdulxayirov, Asqar Hikmatov, Umid Ergashev, Xosiyat Husanova, Sitora Alimjonova, Zuhra Soliyevalar ijro etishmoqda. Bundan tashqari filmda turk aktyorlari ham rol ijro etadi.
Suratga olish ishlari 12-may kuni boshlangan edi. Film premyerasi kuz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ruslan Mirzayev, prodyuser


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?