Oʻzbek — Xitoy farmatsevtika zavodi qurilishi boshlandi

16:44 05 Noyabr 2019 Jamiyat
101 0

Innovatsion rivojlanish vazirligida XXR ilm-fan va texnologiyalar vazirligining Ijtimoiy sohalarda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish departamentining bosh direktori oʻrinbosari Tyan Baogu boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi qabul qilindi. Delegatsiya aʼzolari qatoridagi Anʼanaviy xitoy tibbiyoti milliy assotsiatsiyasi rahbari Vang Sijeng, Xitoy Fanlar akademiyasining Markaziy Osiyo dori vositalarini ishlab chiqish va joriy etish markazi direktori Aysa Xojiakbar ham muzokaralarda ishtirok etdilar.

Tomonlar Oʻzbek-Xitoy texnoparkini yaratish hamda dori substansiyalarini sintezi boʻyicha farmatsevtika zavodining qurilishi boʻyicha loyihani batafsil muhokama qildilar.

Taʼkidlash joizki, hozirgacha asosiy dori substansiyalari yurtimizga xorijdan olib kirilmoqda.

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida dori substansiyalarining sintezi boʻyicha Oʻzbek-Xitoy tibbiyot texnologik parkining yaratilishi mazkur sohada tub oʻzgarishlar yasaydi. Mazkur loyiha bosqichma-bosqich ishlar amalga oshiriladi.

10 mln. AQSH dollari qiymatidagi ushbu investitsion loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi va Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi hamkorligida oʻz ishini boshladi.

“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?