Oʻzbek futbolchisi stadionda “kelin salom” berdi

10:01 06 Sentyabr 2018 Sport
716 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar chempionatining 19-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan Lady” - “Qizilqum Guli” oʻyinida qiziq voqea sodir boʻldi.

PFL direktori oʻrinbosari Diyor Imomxoʻjayevning maʼlum qilishicha, “Shoʻrtan” futbolchisi Uldona Toʻxtayeva oʻyindan oldin oʻzbekcha odatlardan biri boʻlgan “kelin salom”ni ijro qilgan.

Xabarda qayd qilinishicha, futbolchi qiz bir hafta oldin turmushga chiqqan boʻlgan va shu tufayli, oʻzbek urf-odatiga koʻra, stadionda kelin salomini bergan. “shoʻrtanchilar”ning 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan tugagan oʻyinda Uldona Toʻxtayeva bitta golli uzatmani ham amalga oshirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?