Oʻzbek filmlari xalqaro kinofestivallarga yuborish uchun qanday saralanadi?

11:02 21 Avgust 2019 Madaniyat
125 0

Illyustrativ foto

Kinematografiya sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan Davlat buyurtmasi boʻyicha ishlab chiqarilgan va xorijdan olib kiriladigan filmlar distributsiyasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra Respublika kinoprokat markazi distribyuterlik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.

Markazning asosiy majburiyatlaridan biri zoʻravonlik, pornografiyani targʻib qiluvchi, Oʻzbekiston haqida notoʻgʻri axborot tarqatish, uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarini buzib koʻrsatuvchi filmlar tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikdan iborat.

Endilikda kinoteatrlarda filmlar Markaz huzuridagi Metodik kengashning tavsiyasi boʻyicha shakllantiriladigan repertuar reja asosida namoyish etiladi.

Qaror bilan shuningdek, quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

- Davlat buyurmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun tanlov tashkil etish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi;

- Xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarga yuborish uchun eng yaxshi milliy va hamkorlikdagi filmlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?