“Oʻzbek davlat sirki”ni boshqarish xususiy investorga berilishi mumkin?

17:12 13 Dekabr 2018 Madaniyat
521 0

Arxiv foto

“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi inqirozga tushib qolgan va uni bu holatdan chiqarish uchun xususiy investorlar koʻmagiga tayanilishi mumkin.

Oʻzbek davlat sirkini xususiy sarmoyadorga ishonchli boshqaruvga berish rejalashtirilyapti. Bu Oʻzbekiston Prezidentining ”Oʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish hamda “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori loyihasida oʻz ifodasini topgan.

Hujjatda qayd etilishicha, davlat tomonidan boshqarib kelinayotgan sirk inqirozli vaziyatga tushib qolgan. Oxirgi 20 yilda tomoshabinlar soni 1052 nafardan 200-250 nafargacha kamayib ketgan. Shunga yarasha sirk xodimlarining oylik ish haqlari ham juda past, hech qanday moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻq, malakali kadrlar esa birin-ketin chet davlatlariga chiqib ketyapti.

Shu munosabat bilan loyihada 2019 yil 1 iyunigacha davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida investorni tanlov asosida tanlash oʻtkazilаdi. Bu esa “Oʻzbek davlat sirki”ni abgor vaziyatdan chiqarishga yordam beradi.

Xususiy kompaniyalarni jalb etish amaliyoti hududlar, jumladan, Samarqand, Fargʻona va Xorazmda ham sirklar yaratish(500-700 oʻrinli) tatbiq etish koʻzda tutilyapti.

Xususiy kapitalning jalb etilishi “Oʻzdavsirk”dagi chiqishlarning badiiy-ijodiy qiymatini oshirish va boshlanishiga muxlislar sonini kuniga 500, keyinchalik 1000 nafargacha koʻpaytirish imkonini beradi.

2020 yilgacha sirklarning tomoshabinlar bilan toʻlish darajasini 60, 2024 yildan esa 75 foizga oshirish moʻljallanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?