Oʻzbek boksi tarixida yangi sahifa ochildi: yosh bokschilarimiz Osiyo chempionatida barcha vakillarimiz medal olishdi, shundan 10 tasi oltin

10:41 09 Avgust 2019 Sport
152 0

Quvaytda oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Bugun 8-avgustda musobaqa doirasida final janglari boʻlib oʻtdi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

Ahamiyatlisi, 14 ta vazn toifasida oʻtkazilgan final janglarining 12 tasida oʻzbekistonlik yosh charm qoʻlqop ustalari ringga koʻtarilishdi.

Kun toʻliq ravishda oʻzbek yigitlariga ataldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bahslarda ringga chiqqan 12 nafar bokschimizning 10 nafari raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻlishdi. Ikki nafar bokschimiz kumush, yana ikkisi bronza medaliga ega chiqdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilar medallar bilan yurtimizga qaytadigan boʻlishdi:

Oltin:

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov

-37 kg: Hojiakbar Mahmudov

-40 kg: Farrux Toʻlaganov

-43 kg: Umidillo Abdurasulov

-46 kg: Boburbek Bobojonov

-49 kg: Lazizbek Toʻlqinov

-52 kg: Dalerjon Bozorov

-55 kg: Jahongir Narziyev

-61 kg: Mirzob Nekboyev

-64 kg: Shavkatjon Boltayev

Kumush:

-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov

-67 kg: Shahboz Hamidullayev

Bronza:

-70 kg: Aynazar Kenesbayev

+70 kg: Husanboy Rihsiboyev

Qayd etish lozimki, Bekzod Xidirov qoʻl ostidagi terma jamoamiz oʻzbek boksida yangi sahifa ochishdi. Musobaqada ishtirok etgan 14 nafar bokschimizning barchasi yurtimizga medal bilan qaytadigan boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?