Oʻzbek bokschisi ochiq dengizdagi yaxtada jang oʻtkazib, gʻolib boʻldi

18:55 18 Aprel 2019 Sport
567 0

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34) vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Abdurasul Ismoilov prof ringdagi navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Yaponiya hududiga qarashli ochiq dengizda yaʼni ulkan yaxtada oʻtgan boks oqshomida unga rossiyalik Aleksandr Golubkov raqiblik qildi. Quvonarlisi, 6 raundlik jangda yurtdoshimiz katta tashabbusga ega boʻlib, yaqqol ustunlik bilan, ochkolar hisobi boʻyicha gʻalaba qozondi.

Ushbu zafarli yurishi orqali Ismoilov oʻz gʻalabalari sonini 5taga yetkazib oldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?