Oʻzbek bokschisi ochiq dengizdagi kemada jang qiladi

15:07 11 Aprel 2019 Sport
479 0

Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Abdurasul Ismoilov (4-0, 3 KO) navbatdagi jangini 17 aprel kuni oʻtkazadi.

Ismoilovga shu kuni rossiyalik Aleksandr Golubkov (4-2-1, 2 KO) raqiblik qiladi. Mazkur boks oqshomi alohida ahamiyatga ega boʻladi. GoSport.uz xabariga koʻra, mazkur boks oqshomi kemada yaʼni ochiq dengizda boʻlib oʻtadi. Jang kuniga qadar Janubiy Koreyadan yoʻlga chiqqan kema Yaponiyaning ikki shahri va Rossiyaning Vladivostok shahrida ham toʻxtab oʻtadi. Boks oqshomi esa Yaponiya hududidagi ochiq dengizda boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreyaning “COCKY BUFFALLO” promouterlik kompaniyasi tarkibida mashgʻulotlar olib bormoqda. Soʻnggi marta u 17 mart kuni janubiy koreyalik Yong Min Kimni (5-3-1, 1 KO) 8 raundlik jangda ochkolar hisobiga koʻra, magʻlubiyatga uchratgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?