Oʻzbek-Belarus instituti Belarusda emas, Oʻzbekistonda tashkil etiladi

22:38 07 Dekabr 2018 Jamiyat
1077 0

Oʻzbekiston va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik natijasida Minsk shahrida Amaliy mutaxassisliklar institutining tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati mazkur institut Minskda emas, Toshkentda tashkil etiladigan boʻldi.

“Mazkur institutga oʻzbekistonlik yoshlarni koʻproq qamrab olish hamda yurtimizda nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida Oʻzbek-Belarus instituti Oʻzbekistonda tashkil etiladi.

Vazirlik keng jamoatchilikdan mazkur institut bilan bogʻliq axborotdagi noaniqlik uchun uzr soʻraydi. Oʻylaymizki, mamlakatimizda yana bir nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasasining tashkil etilishi xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni xursand qiladi“, deyiladi vazirlik axborotida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?