Oʻzbek avtomobili Rossiyadagi eng arzon “Top-beshtalik”dan joy oldi

18:30 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
597 0

“Sena Avto” sayti ekspertlari Rossiya bozorida rasmiy taqdim etilayotgan eng arzon avtoulovlar roʻyxatini eʼlon qildi. Ushbu jadvaldan fransuz, yapon brendlari qatori yarim yillik “ayriliq”dan soʻng yaqinda ushbu mamlakatga qaytgan oʻzbek avtomarkasi ham joy oldi.

Bu borada Kunchiqar yurtning Datsun on-DO avtomobili yetakchiga aylandi. 87 ot kuchiga teng 1,6 litr hajmli dvigatel va mexanik uzatmaga ega ushbu rusum dilerlar tomonidan rekord darajada arzon narx – 490 ming rubldan taklif etilyapti.

Ushbu brendning mi-DO xetchbeki esa reytingda 555 ming rubllik qiymati bilan 2-oʻrinni oldi.

Uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlar Fransiyaning Renault avtokonserniga tegishli Logan vaSandero xetchbeki joy oldi. Har ikkisi 86 ot kuchi quvvatli 1,6 litrli dvigatelga ega va narxi ham bir xil – 577 ming rubldan.

“Top-5”ni Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan Ravon R2 yakunlab berdi. Uning narxi 646 ming rubldan boshlanadi. Uning quvvati 85 ot kuchiga teng, yaʼni 1,2 litrli dvigatel bilan jihozlangan.

Eʼtiborlisi, ushbu reytingdagi dastlabki toʻrtta modelning barchasi AVTOVAZ bazasida ishlab chiqarilsa, faqatgina Ravon R2 Oʻzbekistondan import qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?