“Oʻzavtosanoat” – Oʻzbekiston-Ukraina biznes-forumi ishtirokchisi

10:30 24 Fevral 2020 Iqtisodiyot
301 0

“Oʻzavtosanoat” AJ rahbariyati 19-21-fevralda Kiyevda oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Ukraina biznes-forumida qatnashdi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

Forum doirasida Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasida “Oʻzavtosanoat” delegatsiyasi Ukraina vazirliklari va idoralari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi, ular yakunlariga koʻra qator kelishuvlar imzolandi.

Jumladan, “Uz Truck and Bus Motors” MCHJ QK va “Pojmashina” QK oʻrtasida, shuningdek, “SamAvto” MCHJ QK va “Inter Avto-Treyd” MCHJ oʻrtasida umumiy summasi 9 mln yevrodan ortiq boʻlgan hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasida UzAuto Motorsning Ukrainadagi rasmiy dilerlari forumi oʻtkazildi. Forum davomida avtomobillarni sotish hajmlarini oshirish masalalari muhokama qilindi va ishlab chiqarilayotgan avtomobillar modellar qatorini yangilash boʻyicha rejalar taqdim etildi. Shu bilan bir qatorda, “Oʻzavtosanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlarning Ukrainada sotilishi hajmini kengaytirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?