”Oʻzavtosanoat” yil boshidan buyon 7,5 trln soʻmdan ortiq mahsulotlar, jumladan salkam 60 ming avtomobil ishlab chiqardi

17:44 15 Aprel 2019 Jamiyat
463 0

Illyustrativ foto

2019 yil I chorakda tarmoq korxonalari tomonidan umumiy qiymati 7 588,3 mlrd soʻmdan ziyod tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Ushbu davr mobaynida 59,5 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan boʻlib, bu oʻtgan yil bilan solishtirganda 51,4 foizga koʻproq deganidir. Shuningdek, 990 ta ISUZU avtobusi va yuk mashinasi, 317 ta MAN avtobusi va yuk mashinasi va 414 ta KamAZ yuk mashinasi konveyerdan chiqdi.

Tarmoq korxonalari tomonidan, shuningdek, umumiy qiymati 5 175,3 mlrd soʻmlik xalq isteʼmoli tovarlari chiqarildi, 2018 yil I choragiga nisbatan oʻsish surʼati 166,6% boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?