“O‘zavtosanoat” AJ: Damas va Labo o‘rnini bosadigan arzon modellar o‘zlashtiriladi

15:34 31 Iyul 2018 Jamiyat
682 0
Foto: GM Uzbekistan

Keyingi paytda mamlakatimizda yengil avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj 2 barobar, shu jumladan, Damasga 3 barobar oshgan. Shuning uchun GM Uzbekistan zavodida ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish sa’y-harakatlari boshlangan.

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqovning aytishicha, yurtimiz aholisi, ayniqsa, kichik biznes vakillari orasida talab katta bo‘lgan Damas va Labo rusumidagi mashinalar yig‘ish sur’atini oshirish barobarida, ular o‘rnini bosadigan, nisbatan arzon yangi modellarni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda.

Biroq har qanday model o‘zini oqlashi uchun yiliga 100 mingta ishlab chiqarilishi va sotilishi kerak. GM Uzbekistan zavodining yillik quvvati 200 mingta ekanligi-yu, hali amalda ushbu ko‘rsatkichga chiqilmaganligi oldinda bajarilish lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligidan dalolat beradi. Shu bois korxona quvvatini 220 mingtaga chiqarish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?