“Oʻzavtosanoat” AJ: avtomobilga boʻlgan sunʼiy navbatlar, ular boʻyicha “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari kuzatildi

10:23 30 Avgust 2018 Jamiyat
236 0

“Oʻzavtosanoat” AJ maʼlum qilishlaricha, 2018 yilning 24 avgustidan 28 avgustiga qadar “GM Uzbekistan” AJ tomonidan 12 ming 437 ta shartnoma rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, xaridorlar tomonidan 1 ming 333 tasi rad etildi, shundan 385 tasi “Damas”, 430 tasi “Neksiya” va 100 tasi “Malibu” rusumidagi avtomobillardir.

Aytish joizki, ushbu jarayonda avtomobilga boʻlgan sunʼiy navbatlar, ular boʻyicha “defitsit”ni vujudga keltirish kabi koʻngilsiz holatlar ham kuzatildi. Ayni paytda ularning kelib chiqishini aniqlash, kelgusida bunga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Xaridorlar manfaatini koʻzlab navbatda turishning shaffofligini taʼminlash uchun kompaniya tomonidan avtomobillarga elektron ariza berish va shartnomani rasmiylashtirish tizimi qayta koʻrib chiqilmoqda. Yaqin kunlarda shu masalaga taalluqli maʼlumotlar taqdim etiladi.

Kompaniya maʼmuriyati dilerlik markazlarida noqonuniy ishlar sodir etilsa va xaridorlardan qoʻshimcha xaq soʻralsa, darhol (+99871) 141-77-77 telefon raqami orqali Call-sentrga murojaat qilish soʻralmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?