“Oʻzavtosanoat” 32 ta dilerlik korxonalaridagi oʻz ulushlarini sotuvga qoʻydi. Ularning eng qimmatiga 24, eng arzoniga esa 1,5 mlrd soʻm narx belgilangan

11:41 24 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
426 0

Arxiv foto

“Oʻzavtosanoat” AJ xususiy dilerlik korxonalari sonini koʻpaytirish maqsadida 32 ta dilerlik korxonalari ustav fondlaridagi oʻz ulushlarini auksion savdolariga qoʻyganligini maʼlum qiladi.

Kompaniya matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu korxonalarning har biri tayyor, yuqori daromadli biznes boʻlib, yangi avtomobillar, ehtiyot qismlar sotuvining amaldagi tizimini, shuningdek, avtoservis xizmatlari koʻrsatish tizimini oʻzida qamrab olgan.

Savdolarga avtomobillar sotuvining shaffof tizimlari rivojiga va ularga sotuvdan keyin xizmat koʻrsatishga investitsiya kiritish istagida boʻlgan xususiy investorlar (yuridik va jismoniy shaxslar) taklif etiladi.

Auksion savdolari tashkilotchisi – “Respublika mulk markazi” MCHJ.

Savdolar 2019 yil 21 yanvarda oʻtkaziladi

Savdolarda qatnashish uchun dilerlik korxonasi ustav kapitalidagi ulush boshlangʻich qiymatining 15 foizini oʻtkazish talab etiladi.

Quyida ulushlari sotuvga qoʻyilgan dilerlik korxonalari nomlari va ularning boshlangʻich narxlari bilan tanishishingiz mumkin.

Sotuvga qoʻyilgan dilerlik korxonalar roʻyxati:


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?