Ozarbayjonliklar aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlarga qanday baho berdi?

19:57 15 Yanvar 2019 Jamiyat
561 0

Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi davomida Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi misolida Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilgan davlat xizmatlari jarayonlari bilan tanishdi.

Mamlakatimizda mazkur sohani tashkil etish tajribasi koʻpgina, hatto eng ilgʻor xorij delegatlarining ham eʼtiborini tortmoqda.

Buxoroda Davlat xizmatlari agentligi direktori oʻrinbosari Noʻmon Muhammadiyev xizmatlarni markazlarda olish afzalliklari, xizmatlar koʻrsatishda idoralararo hamkorlikni tashkil etish haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, elektron navbat tizimi, baʼzi davlat xizmatlarini olish jarayoni taqdim etilib, Markazga tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan bolalar oʻyin maydonchasi va kafega ekskursiya tashkil qilindi.

Alohida eʼtibor sayyor “mobil” davlat xizmatlariga qaratildi. Maxsus jihozlangan avtobuslar hamda “Damas” avtomashinalarining ishlash prinsiplari ham namoyish etildi.

Shunday qilib, delegatsiya aʼzolari tizimni batafsil oʻrganib, tajriba almashish va ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniga ega boʻlishdi.

Ozarbayjonliklar koʻrsatilayotgan servis sifatini yuqori baholab, Yevropa standartlaridan qolishmasligini taʼkidladilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?