“O‘zagrokimyohimoya” AJga yangi rais tayinlandi

16:11 30 May 2018 Jamiyat
19577 0
Foto: n-w.tv

Olim Batirovich Isayev Hukumat qarori bilan “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, “O‘zagrokimyohimoya” AJ 2016 yil 24 oktyabrdagi Prezident qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari bilan ta’minlash, chigirtka, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnik va texnologik siyosatni olib borish hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?