O‘z joniga qasd qilish holatlari bo‘yicha psiaxtriya muassasalari xabardor qilinadi


Psixiatriya muassasalarini o‘z joniga qasd qilish harakatlari to‘g‘risida majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq Ichki ishlar organlari har bir o‘z joniga qasd qilish holati yuzasidan o‘sha shaxs yashaydigan manzildagi ambulator psixiatriya muassasasini zudlik bilan xabardor etadi.
Bordi-yu, mazkur holat sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan aniqlangan taqdirda, ular bu haqda o‘zi joylashgan manzildagi ichki ishlar organlariga tezkor ma’lum qilishlari kerak.
Shaxsda o‘tkir psixoz yoki ruhiy kasalliklar xuruji sababli o‘z joniga suiqasd qilingani aniqlanganda, unga shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, yashash manzili bo‘yicha psixiatriya statsionarlariga o‘rnatilgan tartibda joylashtiriladi.
Shuningdek, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari yuzasidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari hamda ambulator psixiatriya muassasalari tomonidan hisobot tayyorlanib, tegishli tartibda hududiy bosh suitsidologlar yoki bosh psixiatrlarga taqdim etiladi.
Hisobotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi tomonidan umumlashtirilib, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: