Oʻz uyini rasmiylashtrib beraman, deb...

14:03 21 Avgust 2019 Jamiyat
76 0

Illyustrativ foto

18-avgust kuni ichki ishlar organlariga 33 yoshli Xadicha A. murojaat qilib, oʻz arizasida 28 yoshli Abdulaziz R.ga nisbatan chora koʻrishni soʻragan. 2019-yil fevral oyida Sergeli tumanida Abdulaziz unga oʻz uyini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, undan 22 000 000 soʻm pullarini olib, vaʼdasida turmasdan, pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda IIBB xabar berdi.

“Hurmatli fuqarolar, yodda tuting: firibgar oʻz “qurboni” sifatida uni vaʼdalariga oson ishonadigan, muammolarini mustaqil hal qilishni istamaydigan va “yordamchilar”ni qidiradiganlarni tanlaydi. Koʻp ham ishonuvchan boʻlmang!” deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?