Ovchilik xoʻjaligini yuritish tartibi belgilandi

09:37 11 Iyul 2020 Jamiyat
177 0

“Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–627, 08.07.2020-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, ovchilik xoʻjaligi quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:

hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga doir biotexnik tadbirlarni oʻtkazish;

yovvoyi hamda tutiladigan yovvoyi hayvonlarning hisobini yuritish;

yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish.

Qonunga koʻra, tabiiy erkinlik holatida yashayotgan, ov qilish joylariga, shu jumladan ovchilik xoʻjaligidan tashqariga qoʻyib yuborilgan yovvoyi hayvonlar davlat mulkidir va Davlat ovchilik fondini tashkil etadi.

Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota hamda qoʻshimcha kvota Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq toʻlash asosida amalga oshiriladi.

Ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnoma yuridik va jismoniy shaxslar bilan tasarrufida ov qilish joylari boʻlgan quyidagi davlat organlari oʻrtasida 3 yildan 10 yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi:

* Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

* Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?