Oʻttiz oila uyli, yigirma xotin-qiz ishli boʻldi

11:57 12 Iyul 2019 Jamiyat
245 0

Xoʻjayli tumanida bir kunda ijtimoiy ahamiyatdagi ikki quvonchli voqea yuz berdi. Gap shundaki, tumandagi Samankoʻl ovul fuqarolar yigʻini hududidagi “Rayana text” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoshida zamonaviy tikuvchilik korxonasi foydalanishga topshirildi.

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi koʻmagida 110 million soʻmlik kredit olib, ushbu korxonani ishga tushirdik, - deydi tadbirkor Gulmira Abduholiqova. - Natijada 20 nafar xotin-qizning doimiy bandligi taʼminlandi. Quvonarlisi, ular yangi oʻquv yiliga maktab formalari tikish boʻyicha dastlabki buyurtmani olib, ishni boshlab yuborishdi.

Shu kuni tumandagi kam taʼminlangan oʻttiz oila “Jan-Qoʻngʻirot” mahalla fuqarolar yigʻinida qad rostlagan yangi uylarga koʻchib oʻtishdi.

Hidoyat AHMEDOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?