Imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadigan baʼzi abituriyentlarning imtiyoz vakolati cheklandi

14:12 24 Avgust 2020 Jamiyat
309 0

Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.

Qaror bilan Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari OTMga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bekor qilindi.

Nizomga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:

Badiiy akademiyaning tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlari boʻyicha respublika tanlovi hamda mazkur yoʻnalishlardagi xalqaro tanlovlarning gʻoliblariga Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli OTMlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha boʻyicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi;

agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan boʻlsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi;

agar ayrim taʼlim yoʻnalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish belgilangan boʻlsa, abituriyentga mazkur fan boʻyicha maksimal ball beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?