OTM talabalariga stipendiyalar toʻlash tartibi va miqdorlari jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

15:33 23 Sentyabr 2019 Jamiyat
2882 0

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Qarorga koʻra 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Respublika oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi shaklida davlat granti va bir yillik oʻqitish qiymatining stipendiyali miqdorini toʻlagan, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarni (xorijiy talabalardan tashqari) stipendiya bilan taʼminlash tizimi joriy etiladi.

Hujjatga muvofiq oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt qiymati miqdoriga kiritilgan har oyda toʻlanadigan stipendiya summasi talabaga uning oʻzlashtirish koʻrsatkichlaridan qatʼiy nazar toʻlanishi belgilanadi.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarida oʻqitishning kunduzgi shaklida davlat granti va bir yillik oʻqitish qiymatining stipendiyali miqdorini toʻlagan, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan hamda nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilgan (xorijiy talabalardan tashqari) Oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.

Bunda, davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga toʻlovni qaysi koʻrinishda (stipendiyali yoki stipendiyasiz) amalga oshirganidan qatʼiy nazar, quyidagi ragʻbatlantirish toʻlovlari tayinlanadi:

barcha fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi faqat “aʼlo” baho (reyting koʻrsatkichi 86 balldan kam boʻlmagan) boʻlgan talabalarga navbatdagi oʻquv semestri davomida bazaviy stipendiyaning 15 foizi miqdorida;

oʻzlashtirish koʻrsatkichi faqat “aʼlo” hamda “aʼlo” va “yaxshi” baho boʻlgan yoki jamoat ishlarida faol yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabaga navbatdagi oʻquv semestri davomida tayinlangan jami stipendiyaga nisbatan 50 foizgacha miqdorda;

iqtidorga ega, xalqaro yoki respublika yoki oliy taʼlim muassasasi miqyosida talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan fan (taʼlim yoʻnalishi) olimpiadalari gʻolibi boʻlgan talabaga bazaviy stipendiya miqdoriga nisbatan bir oʻquv yili davomida quyidagi tartibda alohida moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari tayinlanadi:

xalqaro miqyosdagi olimpiada gʻolibiga – 50 foiz;

respublika miqyosidagi olimpiada gʻolibiga – 25 foiz;

oliy taʼlim muassasasi miqyosidagi olimpiada gʻolibiga – 15 foiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlash va toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Bunda, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab nomli davlat stipendiyalarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar talabalarning davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganidan qatʼiy nazar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

2019/2020 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining davlat granti asosida taʼlim olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun stipendiyalarning bazaviy miqdorlari 2-ilovaga muvofiq belgilanadi va talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab stipendiyalarga quyidagi tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlar qoʻllangan holda amalga oshiriladi:

reyting boʻyicha eng yuqori ballar (86 — 100 ball) — 1,0;

reyting boʻyicha yuqori ballar (71 — 85 ball) — 0,75;

reyting boʻyicha oʻrtacha ballar (55 — 70 ball) — 0,5.

Mazkur qaror 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab kuchga ega ekanligi belgilangan.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari

T/r 

Talabalar toifasi
(xorijiy talabalardan tashqari)

Miqdori
(bir oyda soʻm)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi stipendiatlariga

1 692 702

2.

Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalari stipendiatlariga

1 128 468

3.

Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyaning bazaviy miqdori

400 000

4.

Barcha fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi faqat “aʼlo” baho (reyting koʻrsatkichi 86 balldan kam boʻlmagan) boʻlgan talabalarga tayinlanadigan stipendiyaning miqdori

460 000

5.

Oʻzlashtirish koʻrsatkichi faqat “aʼlo” yoki “aʼlo” va “yaxshi” baho boʻlgan yoki jamoat ishlarida faol yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga tayinlanadigan stipendiyaning miqdori

690 000 gacha

6.

Iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy taʼlim muassasasi miqyosida oʻtkazilgan fan olimpiadalari gʻolibi boʻlgan talabaga alohida tayinlanadigan qoʻshimcha stipendiyaning miqdori:

xalqaro miqyosdagi olimpiada gʻolibi

respublika miqyosidagi olimpiada gʻolibi

oliy taʼlim muassasasi miqyosidagi olimpiada gʻolibi

200 000

100 000

60 000

7.

Kar-soqov, koʻzi ojiz hamda 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalarga stipendiya belgilangan stipendiyaga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda nazarda tutiladi

 

Izoh:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining stipendiyalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida farmoni qabul qilinishi munosabati bilan oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarning jadvalda koʻrsatilgan miqdorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

2019/2020 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining davlat granti asosida taʼlim olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun stipendiyalarning bazaviy miqdorlari

 

 

T/r 

 

Talabalar toifasi
(xorijiy talabalardan tashqari)

 

Miqdori
(bir oyda soʻm)

 

 

1.

 

 

Oliy taʼlim muassasalari talabalari

 

 

752 312

 

 

2.

 

 

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar

 

 

816 426

 

 

3.

 

 

Davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onalar vasiyligisiz qolgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar

 

 

717 882

 

 

4.

 

 

Baynalmilal burchini bajarishda yarador boʻlish, kontuziya, jarohatlanish yoki kasallanish oqibatida nogiron boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchilar sirasiga kiruvchi talabalar

 

 

852 716

 

 

5.

 

 

Sobiq baynalmilalchi jangchilar sirasiga kiruvchi talabalar

 

 

816 426

 

 

6.

 

 

Oliy oʻquv yurtlarida matematika, amaliy matematika va informatika, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim olayotgan talabalar

 

 

818 758

 

 

7.

 

 

Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga stipendiya belgilanganga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda nazarda tutiladi

 

 

 

 

Izoh:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining stipendiyalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida farmoni qabul qilinishi munosabati bilan oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarning jadvalda koʻrsatilgan miqdorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?