Oʻtgan oyda narxlar 1,3 foizga koʻtarildi

13:53 02 Mart 2020 Iqtisodiyot
142 0

Arxiv surat

2020-yilning fevralida isteʼmol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi oʻrtacha oʻsish surʼati 0,8 foizni tashkil etdi.

Davstatqoʻm xabariga koʻra, 2020-yilning dastlabki ikki oyi davomida tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 1,4 foizga oʻsdi.

Bildirilishicha, 2019-yilning fevral oyiga nisbatan narxlar va tariflar 13,5 foizga oshdi.

Yirik guruhlar kesimida narxlarning oʻzgarishi natijalariga koʻra, narxlar va tariflarning oshishi boʻyicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli boʻlib, joriy yilning fevral oyida narxlar 1,3 foizga koʻtarilgan. Bu vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,6 foizga va xizmatlar 0,3 foizga oshgan.

Umumiy hisobda, 2020-yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 2,4 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foiz, xizmatlar 0,6 foizga oshdi.

2020-yilning fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,3 foizga koʻtarildi yoki oʻtgan oydagi mos koʻrsatkichga nisbatan 0,3 darajaga yuqori boʻldi.

Kuzatilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida oy davomida meva-sabzavotlar (3,2 foiz), goʻsht, parranda goʻshti va baliq (1,9 foiz), non mahsulotlari hamda spirtli ichimliklar (0,8 foizdan), 2019- yilning oxiriga nisbatan esa meva-sabzavotlar (7,2 foiz), shuningdek, goʻsht, parranda goʻshti va baliq (2,3 foiz) mahsulotlari narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?