Oʻtgan yilda Orolboʻyi mintaqasi loyihalarini moliyalashtirish uchun 6,1 mln yevro va 3,2 mln dollar ajratildi

18:50 23 Yanvar 2020 Iqtisodiyot
293 0

2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Ekologik xavfsizlikni taʼminlash

– 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi tasdiqlandi;

– 2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotiga oʻtish strategiyasi qabul qilindi;

– Oʻzbekiston Respublikasida ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi;

– 2019-2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini qabul qilindi.

Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondiga asos solindi

– BMT shafeligida Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondiga asos solinishi Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirildi;

– 2019-yil 24-25-oktyabr kunlari Nukus va Moʻynoq shaharlarida BMT shafeligida “Orolboʻyi – ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi” Xalqaro konferensiya oʻtkazildi;

– Bugungi kunga kelib jamgʻarma Orolboʻyi hududida loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Norvegiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni oʻrnatdi. Norvegiya 1,1 mln yevro ajratdi, Yevropa Ittifoqi tomonidan 5 mln yevro berilishi maʼlum qilindi;

– Bundan tashqari, Davlat rahbarining 2019-yilning dekabr oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi natijasi oʻlaroq, kunchiqar mamlakat Orolboʻyi hududida loyihalarni amalga oshirish uchun 3,2 mln AQSH dollari miqdori mablagʻ ajratdi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?