Oʻtgan yilda 2 mingga yaqin mansabdorlar korrupsiya tufayli jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular qaysi soha vaqillari?

13:20 15 Iyun 2019 Iqtisodiyot
559 0

Illyustrativ foto

2018-yilda korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatni sodir etgan 2 ming nafarga yaqin mansabdor shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining kengaytirilgan majlisida gapirib oʻtdi.

“Bugungi majlisda ishtirok etayotgan rahbarlarning diq- qatini ular boshqarayotgan tizim hamon korrupsiya illatidan xalos boʻlmaganiga qaratmoqchiman.

Xususan, mamlakatda davlat xizmatchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga qaramasdan, birgina 2018-yilda mana shunday ogʻir jinoyatni sodir etgan 2 ming nafarga yaqin mansabdor shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilganini qanday tushunish mumkin?!“, deya savol bilan murojaat qilgan Senat raisi.

“Bosh prokuraturadan olingan maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yili 116 nafar bank rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bosh hisobchilariga nisbatan 68 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini banklar rahbariyati qanday izohlaydi ?!

Xalq taʼlimi vazirligi tizimida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarga qaramasdan, tizimdagi qariyb 150 nafar xodimga nisbatan 103 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani, ularning 24 tasi esa, poraxoʻrlik jinoyati ekanligi vazirlik mutasaddilarini tashvishga solishi darkor.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 93 nafar shaxsga nisbatan qariyb 70 ta jinoyat ishining qoʻzgʻatilgani sohada olib borilayotgan, mutlaqo yangi mazmun-mohiyat va kompleks chora-tadbirlar bilan boyitilgan davlat siyosatining toʻliq roʻyobga chiqarilishiga qoʻyilgan toʻsiqdir.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 11 nafar masʼul mansabdor shaxsiga nisbatan oʻtgan yil- da jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgani tizimda korrupsiya xavfi hamon mavjudligidan dalolat bermoqda.

Eng xavotirli jihat shundaki, korrupsiyaga qarshi kurashning oldingi saflarida turuvchi, bunga bevosita masʼul boʻlgan idoralarning oʻzida ham korrupsiyaga toʻliq barham berishga erishilmayapti.

Xususan, 2018-yilda 39 nafar ichki ishlar tizimi xodimi, 10 nafardan ziyod prokuratura xodimi, 2 nafar davlat bojxona tizimi xodimi, 1 nafardan sudya va advokatga nisbatan poraxoʻrlik jinoyati uchun ish qoʻzgʻatilganini hech narsa bilan izohlab boʻlmaydi.

Eng achinarlisi, bunday misollarni deyarli barcha davlat organlari faoliyatida uchratish mumkin.

Ayrim soha va tarmoqlarda korrupsiya bilan bogʻliq jinoyat va huquqbuzarliklarning tizimli tus olgani, masʼul rahbarlarda bu holatga qarshi kurashda qatʼiyat va irodaning, uzoqni koʻra bilish, sezgirlik va hushyorlikning yetishmayotgani hozirgi salbiy holatning sabablaridan biridir“, deya gapirib oʻtgan Nigʻmatilla Yoʻldoshev.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?