Bosh prokuror: “Oʻtgan yil davomida salkam 3 ming nogironligi bor shaxslar soliqdan aldangan”

10:33 04 May 2019 Iqtisodiyot
601 0

Foto: Hakim Yo'ldoshev, «Xalq so‘zi»

Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida Respublika Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.

Murodovning taʼkidlashicha, oʻtgan yil davomida nogironligi boʻlgan fuqarolarning mol-mulki va yer uchastkasiga nisbatan soliq imtiyozlarining qoʻllanishi ahvoli oʻrganilib, respublika boʻyicha 2 944 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolarga soliq imtiyozlari qoʻllanilmay kelinganligi aniqlangan.

Ushbu holatning kelib chiqishiga imtiyozga ega nogironligi boʻlgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlar muntazam tahlil qilib borilmaganligi, soliq, moliya idoralari, pensiya jamgʻarmalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyilmaganligi sabab boʻlgan.

Oʻrganish natijasida 2 944 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarning barchasiga 327,1 mln. soʻmlik soliq imtiyozlari qoʻllanilishi, shu jumladan 2 694 nafari 184 mln. soʻm yer soligʻidan ozod qilinishi taʼminlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?