Oʻtgan davrning muhim voqealari(infografika)

15:59 24 Iyul 2020 Siyosat
1473 0

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 63 yoshga toʻldi. Davlat rahbari boshchiligida hayotning barcha jabhalarida davom etayotgan oʻzgarishlar islohotlarning ortga qaytmasligini koʻrsatmoqda.

Ushbu infografikada biz oʻtgan davr: 2019-yil iyul — 2020-yil iyul mobaynida yuz bergan eng muhim voqealarni jamlashga harakat qildik. Yangi olingan kursning asosiy ishoralari — “Jasliq” koloniyasining yopilishi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlarning imzolanishi.

2020-yil murakkab keldi: bir tomondan pandemiya, ikkinchi tomondan bir necha hududlardagi tabiiy ofatlar, Sirdaryo viloyatidagi texnogen halokat. Bunday sinov va qiyinchiliklarga qaramay, islohotlar davom etmoqda. Jumladan, propiska tizimi isloh qilindi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning Milliy strategiyasi qabul qilindi. Yuzlab odamlar afv etildi, pandemiya davrida chegaralarda ogʻir vaziyatga tushib qolgan 50 mingga yaqin fuqarolar qaytarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?