Oʻtgan davrda eng koʻp qurol-yarogʻ eksport qilgan davlatlar nomi maʼlum boʻldi

12:16 11 Mart 2019 Jamiyat
401 0

Illyustrativ foto

2014 — 2018-yillarda ham dunyo boʻyicha eng koʻp qurol-yarogʻ eksport qilgan davlatlar nomi oʻzgarishsiz qoldi. Stokgolm tinchlik muammolari tadqiqotlari xalqaro instituti maʼruzasida keltirilishicha, ular Rossiya va AQSHdir.

Hujjatga koʻra, dunyo boʻyicha qurol-yarogʻ savdosi bundan oldingi besh yildagiga nisbatan 7,8 foiz oʻsgan. Bu boradagi umumiy koʻrsatkichning 75 foizi AQSH, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Germaniya hissasiga toʻgʻri keladi. Xususan, AQSH va Rossiya ulushi birgalikda 57 foizni tashkil etgan.

Ayni chogʻda Rossiyaning qurol-yarogʻ eksporti 17 foiz pasaygan. Bu Hindiston va Venesuelaga qurol-yarogʻ yetkazib berish hajmlari kamayishi bilan bogʻliq. Vaholonki, ular uzoq vaqtlar davomida Rossiyadan qurol-yarogʻ sotib olish boʻyicha asosiy xaridorlar sanalishardi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?