Oʻtgan 8 oyda sodir boʻlgan yongʻinlarda 27 kishi qutqarildi, 76 nafari hayotdan koʻz yumdi

12:02 05 Sentyabr 2019 Jamiyat
73 0

Yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019-yilning oʻtgan 8 oyi davomida oʻtkazilgan profilaktik ishlari natijasida 14684 ta bino va inshootda yongʻin kelib chiqish xavfi oldi olingan. Sodir boʻlgan yongʻinlarni oʻchirish vaqtida koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida 27 nafar insonlar qutqarilgan, 462 bosh uy xayvonlari, 99 xil texnikalar, 182 mlrd. soʻmdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 78 mlrd. soʻmdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi xabar berdi.

Shuningdek, fuqarolarning yongʻin xavfsizligini taʼminlashga oid bilim koʻniklamalariga ega boʻlib borishi natijasida 2019-yilning oʻtgan 8 oyi davomida sodir boʻlgan yongʻinlar, 2018-yilning mos davriga nisbatan 309 taga, yongʻinlarda insonlarning halok boʻlishi 14 taga va tan jarohati olishi 45 taga kamaygan.

Lekin olib borilayotgan ishlarga qaramasdan 2019-yilning oʻtgan 8 oyi davomida respublika hududida jami 7439 ta yongʻinlar qayd etilib, ushbu yongʻinlarda 76 nafar inson halok boʻlgan va 208 nafar kishi tan jarohati olgan. Jami sodir boʻlgan yongʻinlarning 68,7 foizi aholi yashash joylarida, 12,6 foizi tadbirkorlik subyektlari obyektlarida, 5,7 foizi transport vositalarida va 1,6 foizi davlat tasarrufidagi obyektlarida yuzaga kelgan. Yongʻinlarning 37,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,4 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi, 12,2 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan notoʻgʻri foydalanish, 9,4 foizi bolalarning shoʻxligi va 4,1 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir boʻlgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?