OTB O‘zbekiston meva-sabzavotchilik tarmog‘iga 198 million dollar mablag‘ ajratdi

16:36 18 Iyun 2018 Iqtisodiyot
831 0
Foto: Najot.info

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida meva-sabzavotchilik sohasida ishlab chiqarish-sotish zanjirini rivojlantirish uchun 198 million AQSH dollari hajmidagi kredit ajratadi.

Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi. OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo mintaqaviy departamentining tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bosh iqtisodchisi Bui Mingx Jiapning aytishicha, meva-sabzavotchilik bilan shug‘ullanadigan fermerlar va sohada ishlab chiqarish-sotish zanjiriga jalb etilgan korxonalar uzoq muddatli moliyalashtirishdan foydalanishi mumkin.

Mazkur kredit bu borada 2016 yil boshlangan loyihaning davomi hisoblanadi. O‘shanda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun 154 million dollar yo‘naltirilgan edi. Ushbu mablag‘ hukumat tomonidan banklarga yo‘naltirilgan va ular esa fermer hamda korxonalarga subkredit shaklida berilgandi.

Joriy loyiha yettita (“Asaka”, “Davr bank” “Ipak yo‘li”, “Ipoteka-bank”, Milliy bank, “Turonbank” va “O‘zsanoatqurilishbank” ) bankni qamrab oladi.

Kapital urug‘lik va ko‘chatlar, meva va sabzavotlarni qayta ishlash hamda saqlash uchun asbob-uskunalar, texnik qurilmalar sotib olishga sarflanadi. Bundan tashqari, soha vakillariga eksport bozoriga chiqish uchun zarur bo‘ladigan biznes rejalashtirish, agrotexnik metodlar hamda yig‘im-terimdan keyingi tadbirlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ko‘mak beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?