Ota-onasi xorij qamoqxonalarida boʻlgan samarqandlik bolalarga yordam koʻrsatildi

12:05 25 Aprel 2020 Jamiyat
169 0

Turli sabablarga koʻra Iroq davlatining qamoqxonalarida jazo muddatini oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining 64 nafar farzandi Prezidentimiz tashabbusi va mustahkam siyosiy irodasi natijasida yurtimizga olib kelinib, tarbiyalash uchun yaqin qarindoshlari oilasiga berilgan edi.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida (Kattaqoʻrgʻon tumanida bobosi bilan 6 nafar, Toyloq tumanida buvisi bilan 3 nafar, Payariq tumanida xolasi bilan 1 nafar) shunday bolalarning 10 nafari istiqomat qilib kelmoqda.

Dunyoda hukm surayotgan koronavirus pandemiyasi davrida mazkur bolalar tarbiyalanayotgan oilalar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda BMTning YUNISEF tashkiloti tomonidan moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlandi.

Xususan, Samarqand shahri, Farhod qoʻrgʻonida joylashgan reabilitatsiya markazida yashab kelayotgan A.T.ga 210.000 soʻm, Toyloq tumani, Charogʻbon mahallasida yashab kelayotgan A.G.ga 735.000 soʻm, Payariq tumani, Yangi Hayot mahallasida yashab kelayotgan G.S.ga 525.000 soʻm moddiy yordam koʻrsatildi.

Bundan tashqari, Xalq taʼlimi vazirligi hamda BMTning Unicef tashkiloti saʼy-harakati bilan koronavirus pandemiyasi davrida faoliyat olib borayotgan 64-maxsus maktab-internat, 1- va 10-mehribonlik uylaridagi ishchi-xizmatchilar va tarbiyalanuvchilarning salomatligini muhofaza qilish, tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmuni tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida (5 nomdagi) shaxsiy gigiyena vositalari, (13 turdagi) sport anjomlari hamda (8 turdagi) oʻquv qurollari, shuningdek, “COVID-19” kitobchalari sovgʻa qilindi.

Bu esa mana shunday sinovli kunlarda bolalar hayoti, sogʻligʻi va taʼlim olishi bilan bogʻliq masalalar har doimgidan ham muhim darajada eʼtibordaligidan dalolat beradi.

Abdulaziz Yoʻldoshev

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?