Ota-bola Bachchanlar koronavirusga chalindi

12:12 12 Iyul 2020 Dunyo
571 0

Bollivudning mashhur aktyori 77 yoshli Amitabx Bachchanning koronavirusga chalingani maʼlum boʻldi va u kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda aktyor oʻzining «Tvitter»dagi sahifasida maʼlum qilgan.

“Menda «COVID-19” testi oʻtkazildi. Natija musbat chiqdi. Oilam va xodimlarimiz ham tahlillar topshirishdi. Ayni damda ular natijalarni kutishmoqda. Soʻnggi 10 kun ichida menga yaqin boʻlganlarning barchasidan test topshirishlarini iltimos qilaman».

Ushbu xabarlardan bir necha soat oʻtib, aktyor va prodyuser 44 yoshli Abxishek Bachchan ham koronavirusga chalinganini maʼlum qildi. U ham yengil alomatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan. 

Eslatib oʻtamiz, Hindistonda jami kasallanganlar soni 821 ming nafarni tashkil etib, shundan 515 ming nafari sogʻaygan. Vafot etganlar soni esa 22 mingdan ziyod.

Hindiston koronavirusga chalinganlar soni boʻyicha dunyoda AQSH va Braziliyadan keyin 3-oʻrinda turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?