Oʻzbekistonlik chavandozlar finalga chiqdi

14:58 09 Sentyabr 2018 Sport
295 0
Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”.

Toshkentda davom etayotgan Ot sportining toʻsiqlardan sakrash (konkur) turi boʻyicha Jahon kubogining final bosqichi qizgʻin davom etmoqda. Murosasiz kurashlarga boy boʻlgan musobaqalar natijalariga koʻra,kuchli 10 talik final ishtirokchilari nomi aniqlandi.

Eʼtiborlisi, ular orasida ikki nafar oʻzbekistonlik chavandozlar ham bor. Birinchi konkurda bizning chavandozlar yaxshi vaqt koʻrsatib va toʻsiqlarni jarima ochkosiz oʻtib peshqadamlik qilgan boʻlsa, ikkinchi konkurda ularni hayajon bosdi shekilli Saidamir Turgʻunboyev va Abdushukur Sobirjonov toʻsiqlarni tushirib jarima ochkolarni oʻz hisobiga yozishdi.

Shunga qaramay, ikki git natijalariga binoan, vakillarimiz finalga chiqishga muvaffaq boʻlib, eng yaxshi sportchilar oʻntaligiga kirishdi.

Jahon kubogining finali  bgun boʻlib oʻtmoqada.Unda oldingi musobaqalarning jarima ochkolari hisobga olinmaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?