Ostonadagi besh qavatli savdo markazi Oʻzbekiston tadbirkorlarga ijara haqisiz foydalanishga berildi

15:58 24 Oktyabr 2018 Jamiyat
458 0

Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi elchixonasi, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Qozogʻistondagi rasmiy hamkori -“NUR GROUP” oʻrtasida imzolandi. Unga koʻra, “Samgau” nomli besh qavatli (30 000 kv.m maydonga ega) savdo markazi Oʻzbekiston tadbirkorlariga ijara haqisiz foydalanishga topshirildi.

Bu haqda Respublika “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. “Samgau” savdo markazining beshinchi qavatida hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlari hamda Oʻzbekiston madaniyat markazi tashkil yetilgan.

Savdo markazining 2500 kv.m maydonini tashkil etayotgan Oʻzbekiston madaniyat markazida Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrining tarixiy obidalari, madaniyati va hunarmandchilik sanʼati aks ettiradigan har bir viloyat uchun 150 kv.m jami 600 kv.m maydonini egallaydigan doimiy faoliyat koʻrsatadigan viloyat burchaklari tashkillashtirilmoqda.

Hozirda Savdo markazida respublikamizning barcha hududlarida faoliyat olib borayotgan 15 nafar usta hunarmandlar oʻz hunarmandchilik mahsulotlarining savdosini yoʻlga qoʻymoqda.

Savdo markazining birinchi qavatida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi, qandolat, konserva, oziq -ovqat mahsulotlari,ikkinchi qavatida gilam bozori, uchinchi qavatida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik mahsulotlari, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari va boshqa mahsulotlari, toʻrtinchi qavatida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mebellar va maishiy texnika mahsulotlari savdosi tashkil etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?