O‘smir konsertga borish uchun yo‘lovchi samolyotini o‘g‘irlashga urindi

12:05 03 Avgust 2018 Dunyo
457 0
Foto: Twitter/New York Post

AQSHning Arkanzas shtatida 18 yoshli Semarkus Devon Skott yo‘lovchi samolyotini o‘g‘irlashga urindi.

New York Post nashrida yozilishicha, o‘smir mahalliy aeroport panjarasidan oshib o‘tayotganda uni politsiya xodimlari payqab qolgan. U samolyotgacha yetib borib, uning uchuvchilar kabinasiga chiqishga ulgurgan. Ammo shu paytda tartib posbonlari tomonidan qo‘lga olingan. O‘smirga ayblov e’lon qilindi. Yaqin orada sud bo‘lib o‘tadi.

Skott esa qo‘shni shtatdagi konsertga yetib borish uchun samolyotni olib qochmoqchi bo‘lganini tan oldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?